kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ta’lim va tarbiya uyg’unligi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Taʼlim va tarbiya mazmunining uygʻunligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat boʻlib, bunda egallangan bilim va koʻnikmalarni hayotga qoʻllay olishga oʻrgatiladi, hayotda taʼlim oluvchilarning ham intellektual, ham maʼnaviy jihatdan uygʻunlikda rivojlanishi taʼminlanadi. Yaxlit taʼlim - tarbiya jarayonida ikkala oʻzaro bogʻliq

Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ta’lim va tarbiya uyg’unligi»

Ta’lim va tarbiya uyg’unligi


Buxoro shahar Politexnikumi huquq fani o’qituvchisi

Alimova Dilfuza Obidovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim va tarbiya uyg'unligi, taʼlim va tarbiya mazmunining uygʻunligi tamoyili, taʼlimning tizimliligi va izchillik tamoyili bayon qilinayotgan oʻquv materialini mustahkamlash va ilgari oʻtilgan materiallarni toʻldirishga xizmat qilish, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv haqida batafsil bayon etilgan.

Tayanch iboralar: ta'lim uyg'unligi, tarbiya uyg'unligi, yaxlit ta'lim, uyg'unlik, izchillik tamoyili.


Kirish: Taʼlim va tarbiya mazmunining uygʻunligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat boʻlib, bunda egallangan bilim va koʻnikmalarni hayotga qoʻllay olishga oʻrgatiladi, hayotda taʼlim oluvchilarning ham intellektual, ham maʼnaviy jihatdan uygʻunlikda rivojlanishi taʼminlanadi. Yaxlit taʼlim - tarbiya jarayonida ikkala oʻzaro bogʻliq

Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan. Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi – oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi.

Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar taʼlimni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar, baʼzisi taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari qaratilganligini taʼkidlaydi.

Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, his-tuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.

Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashxis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik tahlil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi.

Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb-hunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suhbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.

Taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdagi dars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari – radio, televideniye, film, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniyruhiyaxloqiymaʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigʼindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi.

Tarbiya atamasi

Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyotsanʼatkinoradiotelevideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning nafaqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi.

Ahamiyati

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura taʼziqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.

Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi sababli ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz toʻda, olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy obyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayapti. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim va unga bog‘liq jarayonlarga yangi va puxta pedagogik tafakkurga asoslangan yondashuv shakllana boshladi. Uning talqinida ilmiy asoslanmagan sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Ta'limning milliyligiga alohida e'tibor beriladi. Shu maqsadda xalq pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari puxta o‘rganiladi. Natijada o‘zbek pedagogikasida Oila va ijtimoiy tarbiya fan va amaliyotda alohida o‘rin tutadi. Ta'limda irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadi. Shu bilan birga, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning o‘rnini ortiqcha baholash ham yo‘qoldi. Bu esa ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq voqea va vaziyatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy faoliyat tizimini to‘g‘ri aniqlash imkonini berdi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli tajribaviy lug‘at). O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. Т.: «Yangi asr avlodi», 2002.

2. M.Sharifxo‘jayev. O‘zbekiston: yangi g‘oyalar, yangi yutuqlar. - Т.: «Sharq» nashriyoti, 2004.

3. O.Hasanboyeva Tarbiyaviy ishlami tashkil qilish metodikasi. - Т.: 2003.

4. K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov Pedagogika tarixi. - Т.: « 0 ‘qituvchi», 2001. 5. M.G.Davletshin va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. - Т.: « O'‘qituvchi», 2012.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Право

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Ta’lim va tarbiya uyg’unligi

Автор: Alimova Dilfuza

Дата: 11.06.2025

Номер свидетельства: 671523


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства