kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Jinoyat Protsessual qonunchiligida jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichining tushunchasi mohiyati va ahamiyati.                                        Jinoyat ishini qo'zg'atish - jinoyat protsessining dastlabki mustaqil bosqichidir. Jinoyat ishini qo'zg'atish orqali jinoyat ishi yuzasidan jinoiy-ijtimoiy munosabat boshlanadi. Qonunda ko'rsatilgan (3-10 kunlik) muddat ichida qo'shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish va ekspertiza o'tkazish mumkin. Ish qo'zg'atilgunga qadar boshqa tergov harakatlarini o'tkazish man qilinadi. Shuning uchun jinoyat ishini tez va o'z vaqtida qo'zg'atilishi sodir qilingan jinoyat izidan darhol yo'nalish olishiga, tergov ishini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi hamda tergov va protsessual harakatlami o'tkazishning keng imkoniyatlarini yaratadi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Jinoyat Protsessual qonunchiligida jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichlari»

Jinoyat Protsessual qonunchiligida jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichlari


Buxoro shahar Politexnikumi huquq fani o’qituvchisi

Alimova Dilfuza Obidovna

Annotatsiya. Ushbu maqolada Jinoyat Protsessual qonunchiligida jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichlari haqida fikr yuritiladi.

Tayanch so’zlar: jinoyat ishini qo’zg’atish,ekspertiza guvoh,dalil, tergov

Adovat emas, adolat yengar.

Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichining tushunchasi mohiyati va ahamiyati. Jinoyat ishini qo'zg'atish - jinoyat protsessining dastlabki mustaqil bosqichidir. Jinoyat ishini qo'zg'atish orqali jinoyat ishi yuzasidan jinoiy-ijtimoiy munosabat boshlanadi. Qonunda ko'rsatilgan (3-10 kunlik) muddat ichida qo'shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish va ekspertiza o'tkazish mumkin. Ish qo'zg'atilgunga qadar boshqa tergov harakatlarini o'tkazish man qilinadi. Shuning uchun jinoyat ishini tez va o'z vaqtida qo'zg'atilishi sodir qilingan jinoyat izidan darhol yo'nalish olishiga, tergov ishini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi hamda tergov va protsessual harakatlami o'tkazishning keng imkoniyatlarini yaratadi. Aksincha, jinoyat ishini qo'zg'atishning kechiktirilishi jinoyat izining yo'qolishiga, ish holati yuzasidan tegishli so'roq qilinuvchi guvohlaming ko'p narsalami/unutishiga, tergovni murakkablashishiga, ayrim hollarda esa samarasiz natijaga olib keladi. Jinoyat ishini qo'zg'atishni dastlabki tergovning boshlang'ich qismi sifatida qarash noto'g'ri, chunki uni mustaqil bosqich deb atash uchun barcha asoslar yetarli. Jinoyat ishini qo'zg'atish: 1) tartibga solinadigan jinoiy ijtimoiy munosabatlariga; 2) protsess ishtirokchilariga; 3) o'z muddatlariga; 4) protsessual hujjatlariga ega. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichida jinoyat ijtimoiy munosabat yuzaga kelishi yoki barham topishi ham mumkin. Jinoyat ishini qo'zg'atishni ikki qismga bo'lib o'rganish lozim: 1) Jinoyat ishini qo'zg'atishgacha bo'lgan faoliyat; 2) Jinoyat ishi qo'zg'atilgandan keyingi faoliyat. Jinoyat ishi qo'zg'atishgacha bo'lgan faoliyatga: 1) jinoyat haqidagi ma'lumotlami qabul qilish va ro'yxatga olish; 2) olingan ma'lumotlami qonuniy va asosli ekanligini tekshirish. Buning uchun qo'shimcha hujjatlar, izohlar, tushuntirishlar talab qilish; 3) tergov harakatlaridan hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, ekspertiza tayinlash uchun namunalar olish, ekspertiza o'tkazish; 4) protsessual majburlov choralaridan ushlab turishni qo'llash; 5) Jinoyat ishini qo'zg'atish vakolatiga ega bo'lgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan JPK ning 330- moddasida belgiiangan qarorlardan birini qabul qilish tegishlidir. Jinoyat ishini qo'zg'atish faoliyatining ikkinchi qismi qabul qilingan qarorga bog'liq. Agar jinoyat fakti bo'yicha jinoyat ishini qo'g'atish to'g'risida qaror chiqarilgan bo'lsa, 1) qaroming nusxasi tergov qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorga yuboriladi; 2) uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarning oldini olish choralari ko'riladi; 3) jinoyatni takrorlashga yo'l qo'ymaslik harakatlari olib boriladi; 4) ish uchun ahamiyatli jinoyat izlar, narsalar va hujjatlami mustahkamlash va qo'riqlash yuzasidan darhol chora-tadbirlar amalga oshiriladi; 5) O'zbekiston Respublikasi JPK ning 336-moddasida belgiiangan tartibda jinoyat ishi qo'zg'atilgandan keyingi faoliyatni amalga oshirish uchun qaror tegishli organga yuboriladi. Agar jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror chiqarilgan bo'lsa; 1) qaroming nusxasini tergovchi nazorat qiluvchi prokurorga, surishtiruvchi surishtiruv organining boshlig'iga yuboradi; 2) Jinoyat ishini qo'zg'atish rad etilganligi to'g'risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi va mansabdor shaxsga xabar qilinadi; 3)Agar berilgan xabar jinoyat bo'lmay, balki ma'muriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoki axioq normalari buzilganligi haqidagi ma'lumot bo'lsa, huquqni buzgan shaxsga nisbatan ta'sir choralari qo'llash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki o'qiydigan joy ma'muriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyaga, tegishli vakolatga ega bo'lgan davlat organlariga, mansabdor shaxsga yuboriladi; 4) Agar berilgan xabarda fuqarolaming siyosiy, mehnat, uy-joy,oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot va jamoat birlashmalarining fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida qo‘riqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘zga tashlansa, unda ishni qo‘zg‘atishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular ma'lum sabablarga ko‘ra, sud orqali o‘zlarini himoya qilishni so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida: 1) jinoyat ishi qo‘zg‘atish vakolatiga ega bo'lgan shaxslaming qat'iy belgilanganligi; 2) 0 ‘zbekiston Respublikasi JPK da belgilangan asos va sabablar bo'lmay turib jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi; 3) anonim xabarlarga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi; 4) qonunda belgilangan tergov harakatlaridan tashqari tergov harakatlarini o'tkazishga yo‘1 qo‘ymaslik xarakterlidir. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichining ahamiyati hodisaning jinoyat yoki jinoyat emasligini aniqlab berishidadir. Aynan shu bosqichda jinoiy qilmish tasniflanadi. V_/"t)‘zbekiston Respublikasi JPK ning 15-moddasida jinoyat ishini 4 qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsip darajasiga ko'tarilgan. Unda bayon qilinishiga ko‘ra sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, o'z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo'zg'atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybi bo'lgan shaxslarni aniqlash va ulami jazolash uchun qonundanazarda tutilgan barcha choralarni ko'rishlari shart. Bironta jinoiy hodisa sudlanuvchi, tergovchi, prokuror va sudning nazaridan chetda qolmasligi kerak. Bir tomondan qonun jinoyat sudlov ishlarini yuritishning vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan tergov va protsessual harakatlami amalga oshiruvchi davlatning vakolatli organlari va mansabdor shaxslariga huquq beradi, boshqa tomondan esa, jinoyatni ochish uchun zarur bo'lgan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, hech kimni jinoyat ishiga jalb qilinmasligi yuzasidan fuqarolar uchun huquqiy kafolat sifatida xizmat qiladi. Jinoyat protsessining ushbu birinchi va boshlang'ich bosqichida jinoyat ishi alohida shaxsga nisbatan emas, balki jinoyat holati bo'yicha faktga nisbatan qo'zg'atiladi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishda jinoiy javobgarlikka jalb qilinuvchi shaxs, odatda yo noma'lum yoki gumonda bo'ladi, uni aniqlash jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin amalga oshiriladi. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichida jinoyat sodir etganlik to'g'risida tegishli shaxsga nisbatan ko'rsatmalar bo'lsa ham, protsessning keyingi bosqichlarida ularni tekshirib, dalillar bilan tasdiqlangandan so'ng jinoiy javobgarlik masalasi hal etiladi. Ayrim jinoyat ishlari yuzasidan jinoyat ishi tegishli shaxslarga nisbatan qo'zg'atilishi aniq bo‘ladi(masalan, jinoyat sodir qilish vaqtida ushlangan gumon qilinuvchi). Bunday hollarda jinoyat ishini qo'zg'atish bilan jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan o'tkaziladigan protsessual harakatlar o'zaro yaqin bo'lsa ham, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jinoiy javobgarlikka tortish to'g'­ risidagi qaror jinoyat ishi qo'zg'atilgandan keyin qabul qilinadi. 2-§. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolatli bo'lgan mansabdor shaxslar Jinoyat protsessual qonuni jinoyat ishini qo'zg'atish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxslaming ro'yxatini beradi. Bularga sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi kiradi (JPK 321-modda). Shuningdek, ularga tergov bo'limi boshlig'i, prokuror o'rinbosari va yordamchilari, surishtiruv organining boshlig'i ham tegishlidir. Shunday qilib, jinoyat ishini qo'zg'atishga vakolatli bo'lgan shaxslaming to'la ro'yxati quyidagicha namoyon bo'ladi: sud, sudya, prokuror, prokuror o'rinbosari, prokuror yordamchisi, tergov bo'limi boshlig'i va o'rinbosari, tergovchi, surishtiruv organining boshlig'i va surishtiruvchi. Nazariy jihatdan sud jinoyat ishini qo'zg'atish vakolatidan forig' bo'lishi kerak, chunki unga odil sudlov va sud nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklatilgan. Davlatning u yoki bu organi yoxud mansabdor shaxsi jinoyat ishini qo'zg'atishga haqli emas. Qonun qayd etib o'tilgan mansabdor shaxslarga jinoyat ishini qo'zg'atish yuzasidan huquq bermasa ham, ammo majburiyat yuklaydi. Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari aniqlangan har bir holatda jinoyat belgilarini o'rganish, jinoyat sodir etishda aybli bo'lgan shaxslami aniqlash va ulami jazolash yuzasidan qonunda ko'rsatilgan choralami ko'rib, qonunda belgilangan tartibda jinoyat ishini qo'zg'atishga majburdirlar (JPK, 321-moddasi). Ammo ayrim jinoyatlar, aytaylik, nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g'ayritabiiy usulda qondirish bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atish uchun aybli shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risida jabrlanuvchining talabi bo'lishi zarur. Alohida hollarda jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram bo'lganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra huquqini va qonuniy manfaatjiarini shaxsan o'zi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham bunday jinoyat ishini qo'zg'atishi mumkin. Bunday ishlar xususiy-umumiy ayblov ishlari deb ham yuritiladi. Bunda jinoyat ishini qo'zg'atish xususiy ya'ni faqat jabrlanuvchining shikoyat arizasi bilan bo'ladi, lekin ishni yuritish esa umumiy tartibda olib boriladi. 3-§. Jinoyat ishini qo‘zg‘atislining sabablari va asoslari. Jinoyat ishini qo'zg'atish uchun qonuniy sabablar va yyetarli asoslar bo'lishi lozim. Jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabablar deganda fuqarolar, jamoalar, jamoat birlashmalari, vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat to'g'risida olinadigan xabarlami, ya'ni, jinoyat ishini qo'zg'atish masalasini hal qilishga majbur qiladigan manbani tushunish kerak. Asos esa jinoyat alomatlari ko'rsatilgan ma'lumotdir. Bunda jinoyatning obyektiv tomonlari va ob'yektining o'matilishi yyetarli hisoblanadi. JPKning 322-moddasiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atish uchun quyidagilar sabab bo'ladi: 1) shaxslaming arizalari; 2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; 3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; 4)jinoyat sodir etilganligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar va izlami surishtiruv organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning bevosita o'zi aniqlashi; 5) aybini bo'yniga olish haqidagi ariza. JPKning 323-moddasiga muvofiq, jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoh yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabab bo'la olmaydi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishda shaxslaming arizalari keng tarqalgan. Shaxslaming jinoyat to'g'risidagi arizalari yozma yoki og'zaki bo'lishi mumkin. Agarda og'zaki ariza berilsa, bu bayonnomada qayd etiladi va unda arz qiluvchining yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to'g'risida ma'lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko'rsata olmasa, uning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlar boshqa yo'llar bilan tekshirib ko'riladi. Arz qiluvchi jinoyat to'g'risida bila turib yolg'on xabar bergani uchun JKning 237-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. So'ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma'lumotlar arz qiluvchi nomidan iloji boricha so'zma-so'z yoziladi. Bayonnoma arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Agarda aybni og‘irlashtirmaydigan holatlarda nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish to'g'risidagi jinoiy ish (JK 118-moddaning 1-qismi va 119-moddaning 1-qismi) hal qilinayotgan bo'lsa, bunda jabrlanuvchi uni zo'rlagan shaxsni javobgarlikka tortishni so'rab, yozma yoki og'zaki arizani o'z xohishi bilan berishi kerak. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat to'g'risida berilgan xabar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida bo'lishi lozim. Bunday xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atish sababi sifatida, korxona, muaassasa, tashkilot ish jarayonida olingan jinoyat to'g'risidagi ma'lumot bo'lsagina xizmat qiladi. Xabar beruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlami tasdiqlovchi o'z ixtiyoridagi hujjatlami xabarga ilova qilishi mumkin. Tibbiy muassasa xodimlari pichoq, o'qotar qurollardan yaralangan, hamda jinoyat bilan bog'liq tan jarohatlari olganligi yuzasidan tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan har qanday fuqarolar to'g'risida darhol militsiyaga xabar qilishgamajdburdirlar. Shuningdek, muayyan jinoyat to'g'risida matbuot, radio, va televideniye, hujjatli fll'mdagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo'llangan, lekin e'lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atishga sabab bo'ladi. Sodir etilgan jinoyatlarning alomatlari biror-bir ariza yoki xabarlarsiz, bevosita surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan aniqlanadigan holat bu ham jinoyat ishini qo'zg'atish uchun sabab bo'ladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudlar jinoyatchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etishga nafaqat manfaatdor shaxslar tomonidan murojaat qilingandan yoki sodir bo'lgan jinoyatlar to'g'risida xabarlar tushgandan keyin, balki tayyorlanayotgan yoki sodir bo'lgan jinoyatlar aniqlaganida jinoyat ishini qo'zg'atishga majburdirlar. Shuningdek, surishtiruvchi ma'muriy vazifani amalga oshirayotganda yoki boshqa jinoyatga doir ish bo'yicha surishtiruv o'tkazish chog'ida tergovchi dastlabki tergov yuritish chog'ida prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki dastlabki tergov olib borish chog'ida sudya ma'muriy huquqbuzarlikka doir ishni yuritish chog'ida sud fuqaroviy ishni yoki boshqa jinoyatga doir ishni yuritish chog'ida jinoyatga oid ma'lumotlami aniqlashi jinoyat ishini qo'zg'atishga sabab bo'ladi. Aybni bo'yniga olish to'g'risidagi arz - ariza beruvchining o'zi sodir etgan jinoyati to'g'risida jinoyatni sodir edshda gumon qilinmasdan, ayblov e'lon etilmasdan oldin, jinoyat ishini qo'zg'atishga vakolatli organga borib og'zaki yoki yozma xabar berishi tushuniladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya arizani qabul qilib olgandan keyin arizachining shaxsini aniqlashlari va bu to'g'rida bayonnoma tuzishlari lozim. Ushbu bayonnomada ariza beruvchining shaxsi, yashash va ish joyi haqida uning hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar o'z aksini topishi kerak. Bayonnomaga ariza ilova qilinib, arizachiga, aybni bo'yniga olishi, chin ko'ngildan pushaymon bo'lishi, jinoyatni ochishda faol qatnashishi javobgarlikni yengillashtiruvchi holat ekanligi to'g'risida tushuntirish beriladi. Arizachi yolg'on xabar bergan atzi uchun ogohlantirilmaydi. Har bir aybni bo'yniga olish to'g'risidagi arz yolg'on va kelishilgan bo'lishi mumkin, shuning uchun u sinchkovlik bilan tekshirilishi, so’ngra baholanishi lozim. Jinoyat sodir etgan shaxs, uning aybi jinoyatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganligini va boshqa isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar dastlabki tergov jarayonida aniqlanadi. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichi jinoyatni belgisiga ko'ra tasniflaydi, xolos.

Adabiyotlar ro’yxati

1.0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т.:0‘zbekiston 2023-yil 2 .0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksi. Т.: 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 2001-y. 3. 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. Т., 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 2001-y. 4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya Kodeksi. Т.: Adolat 1997-y.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Право

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Jinoyat Protsessual qonunchiligida jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichlari

Автор: Alimova Dilfuza Obidovna

Дата: 11.06.2025

Номер свидетельства: 671519


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства