1903-yilda ingliz fzigi J. J. Tomson atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Tomson modeliga muvofq, atom – massasi tekis taqsimlangan 10–10 m kattalikdagi musbat zaryadlardan iborat shar sifatida tasavvur qilinadi. Uning ichida esa, o‘z muvozanat vaziyatlari atrofda tebranma harakat qiluvchi manfy zaryadlar (elektronlar) mavjud bo‘lib (bunda atomni keksga o‘xshatish va elektron mayiz singari joylashgan deyish mumkin), musbat va manfy zaryadlarning yig‘indisi o‘zaro teng.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Atomning bor modeli. Bor postulatlari»
Maqola
Mavzu: Atomning bor modeli. Bor postulatlari
1903-yilda ingliz fzigi J. J. Tomson atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Tomson modeliga muvofq, atom – massasi tekis taqsimlangan 10–10 m kattalikdagi musbat zaryadlardan iborat shar sifatida tasavvur qilinadi. Uning ichida esa, o‘z muvozanat vaziyatlari atrofda tebranma harakat qiluvchi manfy zaryadlar (elektronlar) mavjud bo‘lib (bunda atomni keksga o‘xshatish va elektron mayiz singari joylashgan deyish mumkin), musbat va manfy zaryadlarning yig‘indisi o‘zaro teng.
Boshqa ingliz fzigi D. Rezerford 1911-yilda o‘z tajribalariga asosan Tomson modelini inkor etib, atomning yadroviy (planetar) modelini taklif qildi. Ushbu modelga ko‘ra atom jajjigina quyosh sistemasidek tasavvur qilinadi. Elektronlar yadro atrofda (yopiq) orbitalar – atomning elektron qobig‘i bo‘ylab harakatlanadi va ularning zaryadi yadrodagi musbat zaryadga teng.
Atomning o‘lchamlari juda kichik bo‘lgani uchun (≈ 10–10m) uning tuzilishini bevosita o‘rganish juda qiyin. shuning uchun uning tuzilishini bilvosita, ya’ni ichki tuzilishi haqida ma’lumot beruvchi xarakteristikalar yordamida o‘rganish maqsadga muvofqdir. Shunday xarakteristikalardan biri – atomning nurlanish spektri. atomning nurlanish spektri, ya’ni atom elektromagnit nurlar chiqarishida (yoki yutishida) hosil bo‘ladigan optic spektrlar ancha batafsil o‘rganilgan. Shveysariyalik fzik I.Balmer 1885-yilda tajriba natijalariga tayanib vodorod spektri chiziqlari chastotalari uchun quyidagi formulani topdi.
Birinchidan, elektronning yadro atrofdagi orbita bo‘ylab harakati egri chiziqli, ya’ni tezlanish bilan ro‘y beradigan harakatdir. Bu harakatda elektronning energiyasi kamayadi, uning aylanish orbitasi kichrayadi va u yadroga yaqinlasha boradi. Boshqacha aytganda, ma’lum vaqtdan keyin elektron yadroga qulab, atom yo‘qolishi kerak. Bu rezerford modeliga muvofq, atom nostabil sistema bo‘lishini ko‘rsatadi. Amalda esa atomlar juda mustahkam sistema hisoblanadi.
ikkinchidan, elektron atomga yaqinlashgan sari orbitasining radiusi kichraya boradi (R→0), tezligi esa o‘zgarmaydi (= const). Natijada
Demak, Borning birinchi postulatiga ko‘ra, atomdagi elektron istalgan orbita bo‘ylab emas, balki statsionar orbita deb ataluvchi ma’lum orbitalar bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Bu harakat davomida nurlanmaydi, ya’ni energiyasi kamaymaydi. energiyasi kamaymasa, yadroga tushmaydi va atom yo‘qolmaydi. shunday qilib, ushbu postulat rezerford modelining birinchi kamchiligini bartaraf qiladi.