7-sinf
 Mavzu: Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi.
 Darsning maqsadlari:
 Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi,
 tuxumining tuzilishi, nasliga g‘amxo‘rlik qilishi haqidagi bilimlarni berish.
 Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga qushlarning tabiatdagi va insonlar hayotidagi
 ahamiyati, tuxum va uning tarkibidagi vitaminlar haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
 Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatlarini
 rivojlantirish.
 O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
 Kommunikativ kompetensiya: A2 - o‘zi yashab turgan hududdagi qushlarni taniy
 olish, ularning nomlarini va yozilishini bilish.
 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 - qushlar haqidagi ma’lumotlarni
 qaysi axborot vositalaridan olishni bilish, ulardan foydalana olish, qushlar olami haqidagi
 ma’lumotlarni ajrata olish.
 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 - qushlar olami haqidagi
 o‘rganganlarini, bilim va tajribalarni mustaqil ravishda uyda parradachilikni muntazam
 oshirib borishda qo‘llash;
 tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.
 Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 - jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda
 tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish va qushlarni muhofaza qilish
 ishlarida faol ishtirok qila olishi.
 Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
 hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 - dars jarayonida o‘z faoliyati natijalarini
 ko‘rsata olishi, qushlarni bir-biridan ajrata olishi, ularning klassifikatsiyasini tuza olishi.
 insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotlarida qushlarni parvarish qilishda
 http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
 http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group
 hisob-kitoblarga tayangan holda ularni go‘shti, tuxumi, go‘sh-tuxumi uchun
 boqiladiganlarini ajratgan holda ulardan foydalanish qoidalarini bilishi.
 O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
 Ob’yekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: A2 -
 Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishini tushunadi va izohlay oladi.
 Biologik ob’yektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va
 xulosalash kompetensiyasi: A2 - Qushlarning ko‘payishi va rivojlanishi, kelib chiqishi
 haqidagi umumiy ma’lumotlarni biladi.
 Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi: A2 - Qushlarni tabiatda va
 inson hayotidagi ahamiyatini, qushlar bilan o‘simliklar hayotini o‘zaro bog‘liqligini
 biladi.
 Darsning jihozi: qushlar vakillari tasviri tushirilgan plakatlar, tarqatmali rasmli
 testlari, tarqatmali rasmlar, “Qushlarning tuxumini embrional rivojlanishi” mavzusidagi
 o‘quv filmi, “qafasdan qutqar” o‘yini uchun so‘zlar yozilgan qog‘ozlar, A4 hajmdagi oq
 qog‘ozlar va markerlar.
 Darsda foydalaniladigan usullar: Komandada ishlash, “Qafasdan qutqar”, “Bu
 nima?”, moderinizatsiyalangan kichik ma’ruza, “Toifalash jadvali”.
 Darsning borishi:
 I. Tashkiliy qism:
 a) Salomlashish;
 b)o‘quvchilar davomatini aniqlash va xona tozaligini baholash;
 c) fanga oid yangiliklarni o‘quvchilardan so‘rash va uni to‘ldirish, tahlil qilish.
 II. O‘tilgan mavzularnini mustahkamlash:
 Har bir topshiriqda javoblarga tegishli ballar berib boriladi va yakunida jamlanadi,
 1-topshiriq.
 O‘quvchilar 2 komandaga bo‘linadi va yozuv taxtasiga quyidagi topshiriq yozilgan
 plakat yopishtiriladi. “Qafasdan qutqar” oyini. Bunda o‘quvchilarga berilgan qog‘ozlarda
 o‘tilgan mavzuga oid tushunchalar berilgan. O‘quvchilar ularni juftini topishi kerak.
 Qaysi komanda tez topshiriqni bajarsa qushni o‘sha komanda qutqaradi.
 1-komanda Kabutar 2- komanda Kolibri
 http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.m
  






 
                         
                         
                         
                         
                         
                         
                         
                         
         
	 
     
                                     
                                     
                                     
                                    